Jurnal haqida

«Til, folklor va adabiyot» — filologiya fanlari yo'nalishlarida ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy, metodik va tahliliy materiallarni e'lon qilishga ixtisoslashgan respublika miqyosidagi elektron ilmiy jurnal.

Ilmiy yo'nalishlar

Jurnal quyidagi yo'nalishlar bo'yicha maqolalarni qabul qiladi:

  • Tilshunoslik
  • Adabiyotshunoslik
  • Folklorshunoslik
  • Tarjimashunoslik
  • Tarix va madaniyat

Nashr tillari

Jurnal o'zbek, ingliz, rus va turk tillarida maqolalarni qabul qiladi va nashr etadi.

Ko'rib chiqish jarayoni

Barcha maqolalar COPE va ICMJE xalqaro standartlariga muvofiq ikki tomonlama ko'r-ko'rona (double-blind peer review) tarzda ko'rib chiqiladi. Maqolalarning asl nusxaligi iThenticate tizimi orqali tekshiriladi.

Tarqatish va kirish

Jurnal Internet orqali O'zbekiston va xorijiy davlatlarda tarqatiladi. Oyda bir marta nashr etiladi. Barcha materiallarga ochiq kirish (Open Access) bepul ta'minlanadi.

Maqsadli auditoriya

Professor-o'qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, magistrantlar, talaba-yoshlar va amaliyotchi mutaxassislar.

Rasmiy ma'lumotlar

  • Guvohnoma: №1628347
  • Litsenziya: C-5669945
  • STIR: 310395113
  • Nashriyot: ACADEMIC BOOK MChJ
  • Ruxsat beruvchi organ: Raqamli texnologiyalar vazirligi
  • Amal qilish muddati: 05.06.2026dan — cheksiz
  • Manzil: Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Nukus MFY, Abu Nasr Farobiy kuchasi, 10-uy